Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent markazida Lacetti yonib ketdi

Toshkent markazida Lacetti yonib ketdi

Foto: YHXB.

2024-yilning 12-iyun kuni soat 14:20 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida, Lacetti rusumli transport vositasining salon qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

«Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz», deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring