Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida yong‘in yuz berdi

Toshkent metrosida yong‘in yuz berdi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 17-yanvar kuni Toshkent metrosida yong‘in chiqdi. 

«Toshkent metropoliteni» DUK ma’lumotiga ko‘ra, soat 19:30 lar atrofida «Kosmonavtlar» metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibinining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

Shu bois, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, tezkor chora-tadbirlar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilgan. Bu holat yo‘nalishdagi harakat jadvaliga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

«Toshkent metropoliteni» DUK keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring