Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrida yangi qurilgan binoga o‘t ketdi

Toshkent shahrida yangi qurilgan binoga o‘t ketdi

Bugun, 17 iyun kuni soat 02:25da Shayxontohur tumani «Shayxontohur» MFY, Labzak ko‘chasi joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta Yong‘in qutqaruv ekipajlari yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan. Yong‘in soat 02:47da qurshab olinib, soat 03:25da batamom o‘chirilgan. Yong‘indan binoning 250 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning taxminiy sababi elektr simlarida qisqa tutashuv, yong‘indan jabrlangan yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring