Toshkentda 2 bola va uyga kelgan mehmonlar is gazidan zaharlanishdi

Joriy yilning 7-fevral kuni soat 07:30 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro A.Z. uyining oshxonasida gaz plitasini yoqib, nazoratsiz qoldirgan.
Oqibatda o‘zi va birga yashovchi 2 nafar farzandi, shuningdek, shu uyda mehmonda bo‘lgan qarindoshlari is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bolalarning yoshi va mehmonlarning soni haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter