Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 2 haydovchi yonidan to‘pponcha topildi

Toshkentda 2 haydovchi yonidan to‘pponcha topildi

Toshkent shahar YHXB tomonidan olib borilgan tezkor o‘rganishlar davomida 2 haydovchida pnevmatik to‘pponcha topilgan.

Xususan, 20 aprel kuni soat 00:10 larda, Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan haydovchi S.B. boshqaruvidagi Damas mashinasi to‘xtatilib, tekshirilganda avtomobil salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaor S.B. va topilgan qurol Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Shuningdek, shu kuni soat 11:00 larda, M.Ulug‘bek tumanida joylashgan «Tuzel» blok-postida Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan haydovchi T.N. boshqaruvidagi Malibu mashinasi salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro T.N. va topilgan qurol M.Ulug‘bek tumani IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring