Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 564,1 mln so‘mni «yeb yuborgan» rahbar aniqlandi

Toshkentda 564,1 mln so‘mni «yeb yuborgan» rahbar aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «I.C.» MChJ rahbari M.A. MChJ ta’sischisi K.A. tomonidan nizom jamg‘armasini shakllantirish maqsadida kirim qilingan 564,1 mln so‘m mablag‘ini korxona ta’sischilari yig‘ilishini o‘tkazmasdan ularning roziligisiz bank filialidan naqdlashtirib olib, o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring