Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus uyga borib urildi

Toshkentda avtobus uyga borib urildi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni soat taxminan 07:00 larda Yashnobod tumani, Uysozlar 1-tor ko‘chalari kesishgan chorrahasida YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M. Qodir boshqaruvidagi «Mersedes Bens» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusida harakat davomida boshqaruvni yo‘qotib, ushbu chorrahadagi svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urilib to‘xtagan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, ushbu avtobusda faqat haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring