Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 25 iyul kuni soat 00:30 atrofida Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. «Lacetti» avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan. YTH oqibatida A.K (haydovchi) va 2006 yilda tug‘ilgan X.X. (yo‘lovchi) olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, avtomashina ichida bo‘lgan yana 3 nafar yo‘lovchi: 2006 yilda tug‘ilgan A.I.; 2005 yilda tug‘ilgan Z.I.; 2005 yilda tug‘ilgan D.K. turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring