Toshkentda biryo‘la 18ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi yo‘l o‘tkazgichda biryo‘la 18ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Poytaxt IIBB YHXB Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko‘chasi (ko‘prik usti)da sodir bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2022-yil 16-avgust kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko‘chasi (ko‘prik usti)da bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan bir qancha transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter