Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bog‘cha tarbiyalanuvchilariga igna sanchilgani aniqlandi

Toshkentda bog‘cha tarbiyalanuvchilariga igna sanchilgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yangihayot tumani 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqaldi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Pedagogika kolleji o‘quvchisi R.M. amaliyotini o‘tash uchun Yangihayot tumani «Oriyat» MFYda joylashgan 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga 2023-yil 11-may kunidan 4-sonli kichik guruhga qabul qilingan.

2023-yil 26-may kuni shu guruhdagi tarbiyalanuvchilar uxlamaganligi sababli 2-3 nafariga igna tiqib olganligini aniqlandi. Hozirda talaba R.M. amaliyotdan chetlatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring