Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Kobalt» teplovoz bilan to‘qnashdi

Toshkentda «Kobalt» teplovoz bilan to‘qnashdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 8-fevral kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent hamda Ohangaron ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1962-yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil hamda 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan, O.A. boshqaruvidagi «TEM2-7084» rusumli teplovoz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring