Toshkentda «Mers» o‘g‘irlab ketildi

1 aprel kuni «Mersedes» avtomashinasini o‘g‘irlab ketgan 41 yoshli D.X. Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.
Shu kuni mashina egasi Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga murojaat qilib, noma’lum shaxs, eshiklari ochiq va kaliti bilan qarovsiz qoldirilgan avtomashinasini olib qochganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat asosida Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter