Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘quvchining bevaqt vafoti yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentda o‘quvchining bevaqt vafoti yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Foto: Xabar.uz

Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida hushini yo‘qotib, vafot etdi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, Yunusobod tumanidagi  259-sonli umumta’lim maktabida 2023 yil 6 oktabr kuni taxminan soat 11.10 larda dars jadvali asosida  6-«D» sinfida  4-soat jismoniy tarbiya darsida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi M.K. yillik ish rejasiga asosan «Futbol amaliyoti. To‘p bilan harakatlanish» mavzusida dars o‘tayotgan vaqtida  shu  sinf o‘quvchisi, 2011 yil 23 martda tug‘ilgan M.S. ning ko‘krak qafasiga koptok tegishi natijasida hushini yo‘qotgan.

Zudlik bilan o‘quvchi tumandagi 7-sonli klinik shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay o‘quvchi M.S. vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.S. ga yurakning reflektor to‘xtashi. O‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi. Bosh miya va o‘pka shishi. Yurak gipertrofiyasi. Yurak tug‘ma nuqsoni tashxisi qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring