Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qalbaki so‘m va dollar sotayotganlar ushlandi

Toshkentda qalbaki so‘m va dollar sotayotganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent shahrida qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar M.A. M.A. va B.B. fuqaro B.L.ga qalbaki 10 000 AQSh dollari va 20 mln so‘mni 14 mln so‘mga hamda qalbaki 10 000 AQSh dollarini fuqaro O‘.A.ga 8,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring