Toshkentda rulda uxlab qolgan haydovchiga yordam berildi (foto)

Shu yilning 20-martidan 21-martiga o‘tar kechasi, soat taxminan 3:00da Toshkent shahar YHXB inspektorlari mashinasi ariqqa tushib ketgan haydovchiga yordam berishdi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, «Matiz» haydovchisi charchoq tufayli rulda uxlab qolib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.
Ushbu voqea ustidan chiqib qolgan YHXB xodimlari haydovchining mashinasini tortib chiqarib, uni uyiga yetib olishiga ko‘maklashishgan.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter