Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan hodisaga rasmiy izoh berildi

Toshkentda sodir bo‘lgan hodisaga rasmiy izoh berildi

Toshkent shahrida o‘ndan ortiq yigit bir bolani majburan mashinaga solib ketgani haqida video xabarlar tarqaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 iyun kuni taxminan soat 23.50 larda Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi metrosi oldida fuqarolar 2002 y.t. A.U. va uning tanishlari 2002 y.t. X.O., 2002 y.t. M.A., 2004 y.t. S.T. va boshqalar o‘zaro kelishmovchilik sababli og‘zaki tortishib qolishgan. So‘ng A.U.ni o‘zlariga tegishli «Matiz» rusumli avtomashinasiga o‘tkazayotgan vaqtida, IIO PPX xodimlari kelayotganini ko‘rib ushbu fuqarolar qochib ketishgan. 

«Hech kim tan jarohati olmaganligi va pichoq bilan tahdid qilinmaganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Huquqbuzarlardan uch nafari ushlangan, qolganlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring