Toshkentda sodir bo‘lgan YTHda «Mercedes-Benz» tiklanib bo‘lmas holga keldi

Shu yilning 23-sentyabr kuni taxminan soat 18.20 da Mustaqillik shoh ko‘chasining Pushkin metro bekati yaqinida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 31 yoshli Baxt Yu. «Mercedes-Benz» rusumli avtomobilida boshqaruvni yo‘qotib, temir ustunga to‘qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
YTH oqibatida haydovchi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas