Toshkentda talonchi ayollar qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta ayollarning bozorlarda o‘g‘rilik sodir etayotganligi haqidagi xabarlar va videotasvirlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB tekshiruv o‘tkazib, holat yuzasidan izoh berdi.
2022-yil 9 yanvar kuni to‘rt nafar noma’lum ayollar Chilonzor buyum savdo kompleksidagi do‘konlarning biriga xaridor sifatida kelib, sotuvchi chalg‘iganligidan foydalanib, 280.000 so‘mlik buyumlarni yashirin ravishda olib ketishgan.
Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida ayollar aniqlanib, ular tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan.
Hozirda ushbu ayollar Yu.Z., X.D., M.X., A.S.larga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘rilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter