Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tarbiyachi bolaga jiddiy jarohat yetkazib qo‘ydi

Toshkentda tarbiyachi bolaga jiddiy jarohat yetkazib qo‘ydi

30 noyabr kuni Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi fuqaro N.A. (ayol) ning murojaati kelib tushgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 noyabr kuni o‘g‘li, 2021 yilda tug‘ilgan L.A. ga u tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimasining qo‘pol harakati oqibatida jiddiy tan jarohati yetkazilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Avvalroq Xorazm va Buxoroda bolalarni kaltaklagan tarbiyachilar ishdan olingani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring