Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir «Mercedez-Benz» avtobusi yonib ketdi

Toshkentda yana bir «Mercedez-Benz» avtobusi yonib ketdi

20-dekabr kuni ertalab Toshkent shahar Uchtepa tumanida «O‘rikzor-Do‘mbirobod» 125-yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Mercedez-Benz» rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi. 

Ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong‘inni o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtobusning motor qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bir necha kun avval Sergeli tumanida ham avtobus yongandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring