Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Yandex Go» binosiga hujum qilindi

Toshkentda «Yandex Go» binosiga hujum qilindi

2022-yil 5-noyabr kuni soat 17:40 larda noma’lum shaxs guyoki o‘zini mijoz sifatida ko‘rsatib, Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida joylashgan «Yandex Go» binosiga kiradi.

Kutilmaganda u «New Impluse» operatori — 30 yoshli N.E.ning sochidan ushlab, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan harakatlari bilan bo‘yin qismiga yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jisimni tirab, bor pullarini berishini talab qilib, 200.000 so‘m atrofida pullarni olib, hodisa joyidan yashirinadi.

Mazkur jinoyat ishi Yashnobod tumani IIO FMB TB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «a» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 46 yoshli I.P. sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan bosqinchilikka qo‘l urganligi aniqlanmoqda, deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Holat yuzasidan Yandex Go matbuot xizmati ham izoh berdi:

«Voqea hamkorlarimizdan birining ofisi joylashgan binoda sodir bo‘ldi. Tafsilotlarni aniqlashtirish uchun ular bilan darhol bog‘landik. Hamkorimizga amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek zarurat bo‘lganda huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring