Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani, «Taqachi» MFY Taqachi ko‘chasida joylashgan tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borib, yong‘in soat 22:22 da qurshab olingan.

Yong‘in bir necha soat o‘tib, tungi 01:41 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring