Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda YTHga uchragan «Porsche» yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkentda YTHga uchragan «Porsche» yuzasidan ma’lumot berildi

2021-yil 25-may kuni soat 16:50larda Toshkent shahar Mirobod tumani Taraz Shevchenko ko‘chasida 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. «Porsche Taycan» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ariq ustida to‘xtab qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlari so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring