Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 23 iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan.

Qayd etilishicha, ko‘p qavatli yangi qurilayotgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan yong‘in soat 12:56 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning tom qismidagi qurilish mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in-qutqaruvchilarning tezkor sa’y-harakatlari tufayli yong‘inning kengayib ketishi oldi olindi va qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Asosiy binoga zarar yetmagan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring