Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi maktabda o‘quvchiga ilon jarohat yetkazdi

Toshkentdagi maktabda o‘quvchiga ilon jarohat yetkazdi

Tarmoqda «Maktab ilonlar maskaniga aylangandimi?» sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi izoh berdi.

Joriy yilning 10 may kuni soat 12:30 atrofida ushbu maktabning 6-sinf o‘quvchisi O‘.A.ni maktab binosining ikkinchi qavati deraza rom qismining tirqishidan ilon (dala suv iloni) tishlab olgan. O‘quvchiga shu vaqtning o‘zida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ota-onasi va sinf rahbari hamrohligida Toshkent shahridagi 16-sonli shifoxonaga olib borilgan. U yerda o‘quvchi O‘.A. to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, jiddiy jarohat olmaganligi aniqlanib, shu kunning o‘zida o‘quvchi maktabdagi dars jarayonlarida qatnashgan.

Ma’lumot o‘rnida, 348-sonli maktab binosida 2008 yildan buyon ta’mirlash ishlari olib borilmagan bo‘lib, 2023 yilning mart-aprel oylarida «Tashabbusli budjet» loyihasi asosida maktabning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

Maktab, davlat Dasturiga ko‘ra, 2024 yilda to‘liq mukammal ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring