Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi musiqa festivalida yuz bergan janjal haqida rasmiy ma’lumot berildi

Toshkentdagi musiqa festivalida yuz bergan janjal haqida rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Pepsi Music Fest 2024» musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzayotganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni Yunusobod tumanida «Pepsi Music Fest 2024» musiqa festivalining birinchi kuni o‘tkazildi. Soat 18.00 dan 22.20 larga qadar bo‘lib o‘tgan tadbirda ko‘plab musiqa ixlosmandlari yig‘ilgan. Biroq ular orasida bir nechta fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etganlar ham bo‘ldi. IIO xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Shuningdek o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olganligi haqida xabar kelib tushmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring