Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi qalin tuman samolyotlar harakatiga halaqit qildi

Toshkentdagi qalin tuman samolyotlar harakatiga halaqit qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli Moskva va Vladivostokdan uchib kelgan samolyotlar Samarqandga yo‘naltirildi.

O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli ikki samolyot ekipajlari Toshkent aeroportda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti – qalin  tuman, past bulut qoplami sababli muqobil aeroportga jo‘nab ketishga qaror qilishdi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring