Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mast fuqarolar janjal ko‘tardi: vaziyatga kuchishlatar tizimlar aralashgan

Toshkentda mast fuqarolar janjal ko‘tardi: vaziyatga kuchishlatar tizimlar aralashgan

Foto: Xabar. uz

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi

Joriy yilning 10-may kuni taxminan soat 16.30 larda Chilonzor tumani, 5-mavze hududida 1980- yilda tug‘ilgan A.Aziz va 1984-yilda tug‘ilgan A.Azizxonlar mast holatda bo‘la turib, bir nechta fuqarolar (1993-yilda tug‘ilgan Sh.Dildora, 1996- yilda tug‘ilgan A.Sardor, 2002 yilda tug‘ilgan S.Saidahror) bilan o‘zaro janjallashgan.

Natijada 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro yengil darajadagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.  

Hodisa joyiga zudlik bilan milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari yetib kelishgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan ikki nafar fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatishgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi,  deyiladi rasmiy xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring