Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Isroilga aviaqatnovlar bekor qilindi

Toshkentdan Isroilga aviaqatnovlar bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Uzbekistan Airways 15 aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O‘zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qarori bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.

Yo‘lovchilar faqat 2024 yil 15 aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring