Toshkentning qoq markazida «Mercedez-Benz» yonib ketdi

Bugun, 10-aprel kuni poytaxtning M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Mercedez-Benz» rusumli avtomobili yonib ketgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘inni bartaraf etgan.
Yong‘in natijasida avtomobilning motor va salon qismi yonib zaralangan, tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter