Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transformatorda sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Transformatorda sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma’lumot berildi

Bugun, 9-noyabr kuni soat 18:34 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga «Pudina» mahallasi Ziyoratgoh ko‘chasida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 19:22 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas