Turkiyadagi otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Turkiyadagi otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
2025-yil 5-iyul kuni Turkiyaning Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan, 35 yoshli ayol vatandoshimiz otishma oqibatida bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Vafot etgan vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter