Uch fuqaro Zomin tog‘larida adashib qoldi
Toshkentlik uch fuqaro Zomin tog‘larida adashib qoldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Kecha, 13-fevral kuni soat 18:48 da Jizzax viloyati FVBga Zomin tumaniga dam olish uchun borgan Toshkent shahrida yashovchi uch nafar fuqaro toqqa aylangani chiqib, qolib ketganligi va ularga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaro tog‘ning yuqori cho‘qqisiga chiqib, kech bo‘lib qorong‘u tushganligi sababli, qaytish yo‘lini topa olmagan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz joyga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter