Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganchda choyxona va savdo do‘konlari joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Urganchda choyxona va savdo do‘konlari joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

2019-yil 16-iyul kuni soat 00 dan 05 daqiqa o‘tkanda Xorazm viloyati Urganch shahri M.Xudoyberganov ko‘chasi 40-A-uyda joylashgan «Qudrat-G‘ayrat» MChJga tegishli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Xabar asosida birinchi bo‘linmalar soat 00:10 da voqea joyiga yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 00-18da qurshab olinib, 00-30da batamom o‘chirilgan. Yong‘inga jami 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Yong‘in oqibatida «Qudrat-G‘ayrat» MChJ binosida ijarada bo‘lgan choyxonaning 10 kv.m maydonda tomi va ichki qismi, 2 ta savdo do‘konlarining 14 kv.m maydonda qisman ichida bo‘lgan savdo mahsulotlari hamda «KANNAM» kafesining 8 kv.m maydonda tashqi plastik qoplamasi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 220 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring