Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vafot etgan ayol nevarasi tug‘ilishidan oldin tirildi

Vafot etgan ayol nevarasi tug‘ilishidan oldin tirildi

Foto: «Daily Mirror»

AQShning Merilend shtati fuqarosi, sakkiz marta buvi bo‘lish sharafi nasib etgan Keti Patten qariyb bir soat jonsiz yotdi va qizi nabirasini dunyoga keltirishidan oldin tirildi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

Pattenga shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, qizi Steysi Fayfer farzandli bo‘layotganini xabar berishganida golf o‘ynayotgandi. Ayol tug‘uruq paytida qizini qo‘llab-quvvatlash uchun shu zahoti Fayferning yoniga shoshildi. Ammo shifoxonaga yetib kelganidan so‘ng kutilmaganda yurak xuruji yuz berdi.

Shifokorlar ayolni tez yordam bo‘limiga olib ketishdi. Pattenga sun’iy nafas yuborishdi va kislorodli niqob taqishdi. Shifokorlarning xatti-harakati kerakli natija bermadi. Ayol 45 daqiqa klinik o‘lim holatida yotdi —  uning yuragi urishdan to‘xtagandi.

Xuddi shu payt Pattenning qizi shoshilinch Kesar kesishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Fayferni operatsiya qilishdan oldin onasi birdan hushiga keldi. Tirilgan ayol qizining xonasiga shoshildi va ko‘p o‘tmay nabirasi dunyoga keldi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Alora deb ism qo‘yishdi.

«Menga yana bir imkoniyat bergani uchun minnatdorman. Endi eng yaxshi buvi bo‘laman. Qaytish — bu yashashga bo‘lgan ikkinchi imkoniyat va bu juda katta mas’uliyatdir», — dedi Patten.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring