Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xatirchida YTH oqibatida ikki qiz halok bo‘ldi

Xatirchida YTH oqibatida ikki qiz halok bo‘ldi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida halokatli YTH sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berishicha, xodisa 2022-yil 2-iyul kuni Xatirchi tumani hududidan o‘tgan 4R-56 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Shu tumanda yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti mashinasini «Langar-Xatirchi» yo‘nalishida boshqarib borayotib, tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.

YTH oqibatida mashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi qiz og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi esa tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring