Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli va nomaqbul harakatlar qilgan 17 yoshli qiz jarimaga tortildi

Xavfli va nomaqbul harakatlar qilgan 17 yoshli qiz jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Gentra» oynasidan tanasini chiqarib olib, axloqsiz harakatlar qilgan qizning videosi tarqaldi.

Andijon viloyati IIB JXX YHXB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, qizning shaxsi aniqlangan va avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan.

Joriy yilning 4 iyun kuni soat 23:50larda, Andijon shahar Milliy tiklanish ko‘chasida, haydovchi, 2004 yilda tug‘ilgan K.A. o‘zining «Jentra» rusumli transport vositasida (tegishli hujjatlarsiz boshqargan va YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan) yo‘lovchi sifatida old o‘rindiqda ketayotgan 2007 yilda tug‘ilgan T.M. transport vositasining salon qismidan tana qismini chiqarib, noo‘rin xatti-harakatlari videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan, o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida qoidabuzar hamda huquqbuzar shaxslar aniqlanib, ularga qonun doirasida tegishli tartibda chora ko‘rildi va profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring