Xitoyda yomg‘ir o‘rniga sakkizoyoq yog‘di

Xitoyning Sindao viloyatida g‘aroyib voqea kuzatildi: osmondan yomg‘ir o‘rniga sakkizoyoq yog‘di. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Sindao viloyatida kuchli dovul kuzatilayapti. Aholi tabiiy ofatdan aziyat chekmoqda.
Sohilga yaqin aholi punktlariga sakkizoyoq va dengiz yulduzi yog‘di. Aholi bundan hayratga tushib, osmondan yog‘ayotgan sakkizoyoq va dengiz yulduzlarini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter