Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonadonga tushgan o‘g‘ri universitet talabasi bo‘lib chiqdi

Xonadonga tushgan o‘g‘ri universitet talabasi bo‘lib chiqdi

Noma’lum shaxs G‘ijduvon tumani Armechan mahallasida yashovchi fuqaroning xonadoniga o‘g‘rilikka tushdi.

Qayd etilishicha, u xonadonda bo‘lgan shkaf ichidan umumiy bahosi 12.000.000 so‘mlik 1 dona erkaklar kumush uzugi, 1 dona ayollar tilla uzugi, 1 dona ayollar tilla to‘g‘nog‘ichi, 1 dona tilla zanjiri, 1 dona bijuteriya to‘g‘nog‘ichi hamda 1 juft bijuteriya ayollar ziraklarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni G‘ijduvon tumani Dilkusho mahallasida yashovchi 2004 tug‘ilgan Buxoro Davlat universitetining 1-bosqich talabasi B.U. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring