Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda imom-xatib 40 mln so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

Xorazmda imom-xatib 40 mln so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi «Islom bobo» jome’ masjidi imom-xatibi Q.I. masjidni yangidan hashar yo‘li bilan qurilishi haqida og‘zaki va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lonlar tarqatgan.

So‘ngra u xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolardan 40,0 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘larini yig‘ib, masjid qurilishiga ishlatmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shko‘pir tuman IIB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring