Xorazmda mast haydovchi buyruqqa bo‘ysunmay, YPX xodimini urib yubordi
1-fevral kuni soat 22.30 larda Xorazm viloyatining Xiva shahrida haydovchi X.X. (1982-yilda tug‘ilgan) mast holda dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.
U «VAZ-2107» rusumli avtomashinasini A.Temur ko‘chasidagi svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan harakatlanib kelayotgan vaqtda shu ko‘chada xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektori safdor S.Sapayev (1987-yilda tug‘ilgan) unga to‘xtash ishorasini bergan. Lekin haydovchi inspektorga bo‘ysunmay, safdor S.Sapayevni urib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, safdor S.Sapayev «bosh miya yopiq jarohati va o‘ng o‘mrov suyagining yopiq sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter