Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda sud binosining tomi qulab tushdi (foto)

Xorazmda sud binosining tomi qulab tushdi (foto)

Foto: Xorazm viloyati FVB

Xorazm viloyati Xonqa tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi 13 mart kuni kuchli shamol oqibatida qulab tushdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan voqea natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Foto: Xorazm viloyati FVB

Hodisa oqibatlari tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf qilinmoqda.

Foto: Xorazm viloyati FVB

Avvalroq Xorazmga kuchli shamol va qor yog‘ishi sabab viloyatning katta qismi elektr energiyasisiz qolgani hamda anomal sovuq havo Navoiy va Buxoro hududiga kirib kelgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring