Xorazmda uch qavatli savdo do‘koni yonib ketdi

17-aprel kuni Xorazm viloyati FVBga Hazorasp tumani, «Temirchi Maskan» MFYda joylashgan 3 qavatli savdo do‘konida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar qilingan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari yong‘in joyiga yetib borib, yong‘in o‘rab olingan va o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida savdo do‘konning 280 kv.m maydonda tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konining 200 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmadi.
Yong‘inni bartaraf etishgan 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashish texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbar xodimlari chiqishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter