Xorazmda voyaga yetmagan qizga nojo‘ya harakat qilgan erkak ushlab olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlashga uringani va fuqarolar uni IIBga topshirgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB axborot xizmati rasmiy axborot berdi.
Qayd etilishicha, 14 avgust kuni Urganch shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan tegajog‘lik qilganlikda gumonlangan shaxs Urganch shahrida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan B.M. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi 2006 yildan buyon «shizofreniya» tashxisi bilan ruhiy-asab kasalliklar dispanserida hisobda turgan.
U shu kunning o‘zida viloyat ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgan.
Hozirda ushbu holat Urganch shahar IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter