Xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning oyog‘ini sindirib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i singani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Unga ko‘ra, 2025 yilning 22 yanvar kuni Sergeli tumanidagi «Solnishko» xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi yordamchisi Yu.M. tarbiyalanuvchi S.A.ni «tinchlantirish maqsadida» uni yuzlariga urib, qo‘lidan tortganicha yotoqxonaga sudrab olib kirgan.
Tan jarohati yetkazilishi oqibatida bolaning chap oyog‘i singan. Bolaga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter