Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yalangoyoq o‘g‘ri yo‘lovchi samolyotini olib qochdi

Yalangoyoq o‘g‘ri yo‘lovchi samolyotini olib qochdi

Suratda harbiy samolyot.

Illyustrativ foto

Fransiya politsiyasi yo‘lovchi samolyotini o‘g‘irlab, Italiyadan Fransiyaga uchib o‘tgan 33 yoshli slovakiyalikni hibsga oldi.

Voqea kecha, 30-mart kuni sodir bo‘lgan.

«Europe 1» radiostansiyasining xabar berishicha, samolyot Tulon (Fransiya)dagi harbiy-dengiz bazasi ustidan uchib o‘tganidan so‘ng hukumat Nitssa havo kengliklarini yarim soatga yopib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Samolyotni tutish uchun havoga ko‘tarilgan Fransiya harbiy-havo kuchlarining «Mirage 2000» qiruvchi samolyoti qoidabuzarni Eks-le-Mil aerodromiga majburan qo‘ndirdi.

O‘g‘irlangan samolyotning na uchish rejasi, na radioaloqasi bo‘lib, pastlab uchgan. O‘g‘ri-uchuvchi qarshilik ko‘rsatmadi, deyiladi xabarda.

Samolyot o‘g‘risining hujjatlari, hatto poyabzali ham yo‘q — faqat paypoqda bo‘lgan. Politsiyachilarga u ingliz tilida yozilgan xatni berdi, uning mazmuni ochiqlanmadi. Hozir u hibsda tutib turilibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring