Yangihayotda yetti kishi yong‘in ichida qolib ketdi, ulardan biri vafot etgan
![Yangihayotda yetti kishi yong‘in ichida qolib ketdi, ulardan biri vafot etgan](http://static.xabar.uz/crop/8/1/720_460_95_81100982.jpg)
11oktyabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushdi.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong‘inni bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonda shift va ichki qismi yonib zararlangan.
Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarilib, hayoti saqlab qolingan, 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan xalok bo‘lgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter