Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiobod bozorida sotuvchi 36 yoshli ayolni og‘ir jarohatladi

Yangiobod bozorida sotuvchi 36 yoshli ayolni og‘ir jarohatladi

2021-yilning 6-mart kuni soat 10:00 larda  52 yoshli Ibragim V. Yashnobod tumanida joylashgan jamoat joyi hisoblangan «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» 3-hududidagi savdo rastalari oldida 36 yoshli Umidaxon A.ga zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan, unga o‘zini kimligini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida qo‘lidagi temir bo‘lagi bilan bosh qismiga bir marotaba urib yerga yiqitib, tanasining duch kelgan joylariga tepib jarohat yetkazgan. Natijada Umidaxon A. tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida, Umidaxon A.da o‘rtacha og‘ir tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Ibragim V.ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, Ibragim V. savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida, Umidaxon A. o‘zini nazoratchi ekanligini, unga kimdan so‘rab savdo qilayotganligini aytib janjal ko‘targanligi sababli urib jarohat yetkazganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring