Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobod tumanining ayrim hududlari elektrsiz qoldi

Yashnobod tumanining ayrim hududlari elektrsiz qoldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrining Yashnobod tumanining ayrim hududlari elektrsiz qoldi. 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 14:29 da Toshkent shahridagi 35 kVli «L-Salarskiy-6» kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Yashnobod tumanidagi 1350 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi, deyiladi vazirlik xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring