Yirik davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita MChJ «raqobatlashdi»
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan monitoring o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yozyovon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida ichki xo‘jalik yo‘llarida amalga oshiriladigan joriy ta’mirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish maqsadida 2023-yil 10-aprel kuni o‘tkazilgan 3 mlrd 494 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi 2 ta MChJning rahbari va ta’sischisi bir kishi ekanligi yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsada, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan hamda holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko‘rilmagan.
Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida agentlik tomonidan 2023-yil 10-aprel kuni buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuborildi.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan Yozyovon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023-yil 11-aprel kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter